Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan dasturga ko`ra, 2022 yil 1 aprelga qadar:
- zarur glyukometr, maxsus test yaproqchalari hamda ignalar markazlashgan tartibda xarid qilinadi va tibbiyot brigadalariga etkaziladi;
- birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida belgilangan standartlarga muvofiq jihozlangan shifokor oldi ko`rigi xonalari tashkil etiladi;
- tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi endokrinolog shifokor xonalari zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi.






