Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 mayga qadar:
- akademik Yo. To`raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning ko`p tarmoqli klinikasi yangi bino va inshootlarini qurish, ta`mirlash hamda jihozlanadi.
Bunda zamonaviy talablar asosida zarur yo`nalishdagi bo`limlarni, shuningdek, maxsus laboratoriyalarni yaratishni nazarda tutgan holda qurilish ishlari olib boriladi va tibbiy texnikalar bilan jihozlanadi.
Quyidagilar Markazning endokrin kasalliklarning oldini olish va davolash sohasidagi qo`shimcha vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib belgilanadi:
- metabolik sindrom yo`nalishida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovasion loyihalarni ishlab chiqish;
- metabolik jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish, endokrin kasalliklarning rentgenendovaskulyar tashxislash va davolash hamda buyrak usti bezlariga jarrohlik aralashuvining kaminvaziv endovizual usullarini joriy etish;
- dori vositalarining nojo`ya ta`sirini o`rganish va minimallashtirish doirasida markazlashgan klinik sinovlar menejmenti va sifat nazorati tizimini yaratish;
- xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi ilmiy tashkilotlari va markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish hamda birgalikda tadqiqotlarni tashkil qilish;
- koronavirusda qandli diabetning kechishini ilmiy-amaliy jihatdan o`rganib, uning oldini olish bo`yicha standartlarni ishlab chiqish;
- soha mutaxassislarini o`qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun o`quv dasturlarini ishlab chiqish.






