Daniya Sog`liqni saqlash vazirligi kelasi haftadan boshlab COVID-19 ga qarshi kurash doirasida qolgan barcha cheklovlarni bekor qilishni taklif qildi, deya xabar beradi The Guardian nashri.
Mamlakat Sog`liqni saqlash vaziri Magnus Xoynike hukumat seshanba kuni barcha cheklovlarni 1 fevralgacha olib tashlashni taklif qilgan mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilish niyatida ekanligini aytdi.
Manbada aytilishicha, bu taklif kuchga kirishi uchun u hali ham parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Cheklovlar bekor qilinsa, tungi klublar qayta ochilishi mumkin, restoranlar 22:00 dan keyin spirtli ichimliklar sotishi mumkin, yo`lovchilar esa niqobsiz transport vositalariga o`tirishlari mumkin bo`ladi.
"Omikron" shtammining yuqori yuqumliligiga qaramay, o`tgan hafta Buyuk Britaniya, Irlandiya va Niderlandiya hukumatlari tomonidan shunga o`xshash takliflar kiritilgan.
Ma`lumot uchun, Daniyada pandemiya boshlanganidan buyon 1,4 million kishi koronavirus bilan kasallangan, ulardan 3,6 ming bemor vafot etgan.
27.01.2022, 01:11
Rossiya sog`liqni saqlash boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, Moskvada bolalar o`rtasida koronavirus yuqtirish holatlari oshgan. Bu haqda TASS xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha, ikki hafta ichida kasallanganlar soni...24.01.2022, 19:54
Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 351 mln 069 733 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 mln 596 mingdan ortiq kishi...24.01.2022, 00:34
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida o`zining to`yi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News...24.01.2022, 00:05
Xitoy poytaxti Pekinning bir nechta tumanlarida o`nlab infeksiya holatlari aniqlanganidan keyin ommaviy tekshiruvdan o`tmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Fentay hududida yashovchi odamlarga shaharni tark...