AsosiyDunyo

Qozog`iston parlamenti Nazarboevni  Xavfsizlik kengashi raisligidan umrbod mahrum qildi

'Qozog`iston parlamenti Nazarboevni  Xavfsizlik kengashi raisligidan umrbod mahrum qildi'ning rasmi

Qozog`iston Senati (yuqori palatasi) deputatlari yalpi majlisda Nursulton Nazarboevning Qozog`iston Xalq Assambleyasi (XHK) va Xavfsizlik Kengashiga umrbod raislik qilishini bekor qiluvchi qonunchilikka o`zgartirishlarni ma`qulladi.

Palata veb-saytida bu haqda ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Huquqni muhofaza qilish organlari qo`mitasining xulosasiga ko`ra, o`zgartirishlar Xavfsizlik kengashi raisining vakolatlarini mamlakat prezidentiga o`tkazishga qaratilgan.

Shunday qilib,  qonun bilan Qozog`istonning birinchi prezidentiga berilgan umrbod rahbarlik qilish huquqini cheklanadi.

"Bundan tashqari, parlamentda Nazarboevning respublika Konstitusiyaviy kengashi a`zosi bo`lish, shuningdek, hukumat va parlamentda so`zlash huquqini saqlab qolgan konstitusiyaviy qonunlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish masalasi muhokama qilinmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar