Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi joriy yilda eng namunali Davlat xizmatlari markazlari, FHDYo bo`limi va hamkor tashkilot nomlarini e`lon qildi.
Ularning yil davomidagi faoliyati, xizmat ko`rsatish sifati, mehnat va ijro intizomi, o`tkazilgan so`rovnomalar natijasida aniqlangan.
So`rovnomaga ko`ra:
- Eng namunali FHDYo bo`limi deb Chiroqchi tuman 1- sonli FHDYo
- Eng namunali Davlat xizmatlari markazi G`uzor tuman DXM markazi
- "Eng namunali hamkor tashkilot" nominasiyasiga esa Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi munosib deya topildi.
Ma`lumot uchun, yaqinda har yili an`anaviy o`tkazib kelinadigan O`zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari e`tirofi asosida ta`sis etilgan “Yil tanlovi” taqdirlash ma`rosimida «ENG NAMUNALI DAVLAT TAShKILOTI» nominasiyasida Kadastr agentligi faxrli 3-o`rinni egallagan edi.