AsosiyDunyo

Kolumbiyada o`zbek-xitoy vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

'Kolumbiyada o`zbek-xitoy vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi'ning rasmi

Kolumbiya COVID-19 virusiga qarshi O`zbekiston–Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi.

Mazkur qaror Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co Ltd tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani Janubiy Amerikada qo`llanilishi COVID-19 pandemiyasiga qarshi global hamkorhorlik imkoniyatini kengaytiradi.  

Hozirgacha mazkur vaksina O`zbkiston, Xitoy va Indoneziyada ommaviy emlash jarayonida qo`llanilmoqda, shuningdek buster vaksina sifatida foydalanilmoqda. Hozirda ZF-UZ-VAC2001 Xitoy va O`zbekistonda ishlab chiqarilmoqda.  Indoneziyada ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo`lib, vaksinani mahalliylashtirishga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Genotiplash tahlili ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi koronavirusning Alpha variantiga qarshi 92,68 foiz  va Delta variantiga qarshi 81,38 foiz samaraga egaligini namoyish etgan.

    Boshqa yangiliklar