AsosiyJamiyat

O`zbekiston aeroportlarida foto, video va tasvirga olishga ruxsat beriladi

'O`zbekiston aeroportlarida foto, video va tasvirga olishga ruxsat beriladi'ning rasmi

“Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (43-son, 26.01.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 maydan O`zbekistondagi xalqaro aeroportlarda avispotting – belgilangan tartibga asosan aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish, shuningdek ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olishni amalga oshirish yo`lga qo`yiladi.

Respublikadagi barcha xalqaro aeroportlarda, ularga tutash hududlarda aviaspotting mashg`ulotlari uchun ixtisoslashtirilgan joylar (kuzatish maydonchalari) bosqichma-bosqich ajratiladi.

2022 yil 1 maydan mahalliy havaskorlar va professional aviaspotterlar uchun har choraklik mavsumiy tanlovlar, shuningdek, har yilgi tanlovlar ta`sis etiladi hamda tashkil qilinadi.

Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 maygacha birinchi bosqichda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti va “Samarqand” xalqaro aeroportida, 2022 yil 1 iyuldan – qolgan barcha xalqaro aeroportlar hududida aviaspotting bilan shug`ullanish uchun kuzatish maydonchalari to`liq faoliyat ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar