Mamlakatimizning boy madaniy merosini himoya qilish va asrab-avaylash borasida Madaniy meros agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga hissa qo`shishni, O`zbekiston madaniy merosining yagona belgisini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etishni istasangiz Agentlik logotipini yaratish bo`yicha tashkil etilayotgan tanlovda qatnashishingiz mumkin.
Fuqaroligidan qat`iy nazar, 16 yoshdan oshganlar, jumladan, talabalar, ijodkorlar, olimlar, tarixchilar va madaniy merosni himoya qilishga hissa qo`shish istagida bo`lgan barcha joriy yilning 27-yanvaridan 7-fervraliga qadar bo`lib o`tadigan tanlovda ishtirok etishga taklif qilinmoqda.
Eng asosiysi tanlov g`olibiga Respublikaning barcha muzeylari va muzey-qo`riqxonalariga 2022-yilning yakuniga qadar 2 kishilik yo`llanma (vaucher) hamda sertifikat taqdim etiladi.
Ishtirok etish shartlari:
- logotipning noyob versiyasini o`ylab topish va uning ahamiyatiga izoh berish;
- loyihani (o`zbek, rus va ingliz tillarida)gi namunasini taqdim etish;
- g`oya tavsifini info@madaniymeros.uz elektron manzilga yuborish.
Taqdim etilgan namunalar noyobligi, originalligi, jozibadorligi bilan milliy madaniy merosimiz salohiyati (tarixiy, madaniy, tabiiy va boshqalar) bilan uyg`unlashuvi hamda uning o`ziga xos jihatlarini ifodalab berishi lozim. Ko`chirilgan yoki analogi aniqlangan loyihalar qabul qilinmaydi. Tanlov e`lon qilingan kundan ikki kun o`tgach, Madaniy meros agentligi va Ilmiy ekspert Kengashi vakillari va taniqli tarixchilardan iborat Komissiya kelib tushgan takliflar orasidan 5 ta loyiha tanlab olinadi va onlayn ovoz berish uchun madaniymeros_uz telegram kanaliga joylashtiriladi.
Onlayn ovoz berish natijalari bo`yicha g`oliblar Madaniy meros agentligining barcha axborot resurslari hamda OAVda e`lon qilinadi.
Takliflar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Loyihalar ishtirokchining shaxsiy ma`lumotlari (to`liq ismi sharifi, yoshi, ish faoliyati, yashash joyi, telefon raqami), logotip loyihasi bo`yicha taklifi, shuningdek g`oya tavsifi va ahamiyati haqidagi izoh bilan birga taqdim etiladi. Tanlov uchun taqdim etilgan takliflar mualliflarga qaytarilmaydi.
Materiallar info@madaniymeros.uz elektron manzilga yuborilayotganda “mavzu” ustuniga “Logotiplar tanloviga” deb yozish lozim.
Tanlovda ishtirok etib, g`olib bo`lgan taqdirda, taqdim etilgan nom variantini qo`llashga doir mutlaq huquqni tanlov ishtirokchilariga avtomatik ravishda taqdim etiladi.
Tanlov uchun materiallar 27-yanvardan 7-fervralga qadar qabul qilinadi.






