O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan mu`lum qilishlaricha, joriy yilning 28-29 yanvar kunlari O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
28-29 yanvarda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
28 yanvarda Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin;
29 yanvarda Surxandaryo, Farg`ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29 yanvarda respublika hududlari bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin.






