AsosiyJamiyat

Endi Xalq ta`limi tizimidagi barcha maktablar yagona ERP elektron tizimi orqali boshqariladi

'Endi Xalq ta`limi tizimidagi barcha maktablar yagona ERP elektron tizimi orqali boshqariladi'ning rasmi

Xalq ta`limi tizimida ma`lumotlar almashuvini avtomatlashtirish va boshqarish maqsadida yagona dasturiy kompleks - ERP axborot tizimi ishlab chiqilib, amalda keng joriy etish bo`yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Enterprise Resource Planning – tashkilot yoki muassasaning mavjud bo`lgan resurslari hamda jarayonlarni rejalashtirish va boshqarish degan ma`noni anglatadi.

Xalq ta`limi tizimida ushbu tizimning joriy etilishi amaldagi jarayonlarni avtomatlashtirish, hujjat almashinuvlarini elektronlashtirish, tizim xodimlariga raqamlashtirish orqali qator engilliklar yaratish, davlat byudjet mablag`larini ortiqcha sarflanishining oldini olish, inson omilini kamaytirish, ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarni to`lash jarayonida yuzaga kelish mumkin bo`lgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ma`lumot almashinuvida shaffoflikni ta`minlash maqsadida joriy etilmoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda.  

ERP platformasi 1-sinfga qabul jarayonida o`quvchilar ro`yxatini elektron  shakllantirish, o`quv soatlarini belgilash, pedagoglarga soat biriktirish, malaka toifalarini monitoring qilish, xodimlarga ish haqini belgilash, tabel hisobini olib borish kabi bir qator qulayliklarni taqdim etadi.

Xalq ta`limi vazirligi mutasaddilari, umumta`lim maktablari boshqaruv xodimlari dasturiy majmuaning asosiy foydalanuvchilari hisoblanadi. ERP tizimi boshqa vazirlik va davlat idoralarining axborot tizimlari hamda ma`lumot bazalari bilan integrasiya qilinmoqda.

Bugungi kunda xalq ta`limi tizimidagi 10 000 dan ortiq umumta`lim maktablarini ERP ga ulash bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Endilikda mazkur maktablardagi 700 mingdan ortiq xodim va 6,2 mln. nafardan ziyod o`quvchiga oid ma`lumotlarni ushbu platforma orqali onlayn yuritilishi to`liq yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar