AsosiyJamiyat

Tuman va shahar miqyosidagi kardiologik xizmat turlari 15 taga etkaziladi

'Tuman va shahar miqyosidagi kardiologik xizmat turlari 15 taga etkaziladi'ning rasmi

“Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qaroriga binoan, 2022 yil yakuniga qadar tuman va shahar ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarida yuqumli bo`lmagan kasalliklar, shu jumladan, yurak-qon tomir kasalliklari va ularning asoratlari profilaktikasi, o`z kasalligini doimiy nazorat qilib borish ko`nikmasini shakllantirishga qaratilgan “Profilaktika maktablari” tashkil etiladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvarga qadar:

  • Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining protokoliga asoslangan yurak-qon tomir kasalliklari xavf-stratifikasiyasini baholash uchun mobil ilova yaratiladi.
  • Tuman va shahar shifoxonalarini 4 turdagi kardiologiya uskunalari bilan jihozlash hisobiga ko`rsatiladigan xizmat turlari 15 taga etkaziladi.
  • Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarida kardiologiya yo`nalishida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari turi bosqichma-bosqich 15 turdan 35 turgacha oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar