Dunyoda koronavirusga qarshi ishlatilgan vaksinalar soni 10 milliarddan oshdi. Ulardan yarmidan ko`pi uch mamlakatga – Xitoy (2,98 milliard), Hindiston (1,67 milliard) va AQShga (0,54 milliard) to`g`ri keladi. Bu haqda TASS xabar tarqatmoqda.
Ayni paytda sayyoramiz aholisiga 10,003 milliard doza koronavirusga qarshi vaksinalar qo`llanilgan. Dunyo bo`yicha qancha odam emlashning to`liq kursini tugatganini aniqlashning iloji yo`q. Sababi ko`plab mamlakatlar faqat kovid vaksinalari va emlashlarning tasdiqlangan dozalari haqida xabar berishadi. Oxirgi milliard emlash 30 kun ichida amalga oshirilgan bo`lsa, avvalgisi 24 kun davom etgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, BAA, Maldiv orollari va Kuba, Portugaliya, Kambodja va Singapurda emlashga ruxsat berilgan aholining 90% dan ortig`i emlangan. Aholining 80% dan ortig`i allaqachon emlangan mamlakatlar qatoriga Malta, Xitoy, Bruney, Chili, Janubiy Koreya, Ispaniya, Argentina, Italiya, Kanada, Qatar, Avstraliya, Daniya, Islandiya, Ekvador, Bahrayn, Yaponiya, Vetnam, Urugvay kiradi. .






