“Formula-1” rahbariyati Singapur Gran-prisi poyga seriyasini o`tkazish bo`yicha yangi kelishuvni imzoladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar 2028 yilga qadar mo`jallangan yangi shartnoma bo`yia kelishuvga erishgan.
"Formula-1" Singapurda yana uzoq vaqt davom etishidan xursandman. 2008 yilda Marina Bey ko`chasida musobaqa tarixidagi birinchi tungi poyga bo`lib o`tgan. Shundan beri Singapur muxlislar, jamoalar va haydovchilarni xursand qilishda davom etmoqda. ", - dedi "Formula-1" prezidenti va bosh direktori Stefano Domenikali.
Ma`lumot uchun, 2022 yilgi "Formula-1" chempionatining Singapur Gran-prisi 2 oktyabrga belgilangan.






