JCh-2022 Osiyo saralash bosqich hal qiluvchi raundining 7-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Eron milliy terma jamoasi o`z maydonida Iroqga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:0 hisobida eronlik futbolchilarning g`alabasi bilan yakunlandi.
Bu g`alabadan keyin Eron o`z ochkolari sonini 19taga etkazdi hamda jahon chempionatiga yo`llanma oldi.
JCh-2022. Osiyo 3-saralash bosqichi.
A guruhi. 7-tur
Eron – Iroq – 1:0
Gol: Mehdi Torimiy, 48






