AsosiyJamiyat

"Yomg`ir, qor..." Bugun O`zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma`lumoti bilan tanishing

'"Yomg`ir, qor..." Bugun O`zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma`lumoti bilan tanishing'ning rasmi

"O`zgidromet"ning xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.

Shuningdek, poytaxtda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar