AsosiyDunyo

Ezogelin, yasmiq, tarhana, arpa shahriya... Turkiyaning eng mashhur sho`rvalarini bilasizmi?

'Ezogelin, yasmiq, tarhana, arpa shahriya... Turkiyaning eng mashhur sho`rvalarini bilasizmi?'ning rasmi

Sho`rvalar qadimdan insonlarning charchoqlarini ketkazadigan va jismoniy kuchlarini yangilaydigan taom sifatida taqdim etilgan va iste`mol qilingan.

Sho`rva nisbatan arzon va to`yimli taomdir. Shu sababli, tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak bu taom, turk jamiyatining barcha qatlamlari tomonidan sevib tannavul qilingan. Misol tariqasida, Usmoniylar davrida sho`rva eng kambag`allarning dasturxonidan tortib, sultonlarning shohona taomnomasidan ham alohida o`rin egallagan.

Faqat Usmoniylar davrida emas, balki sho`rva hamisha turk oshxonasining asosiy taomlaridan biri bo`lib, taom madaniyatida hal qiluvchi omil bo`lib kelgan. Turk oshxonasining eng nafis jixatlarini o`zida jam qilgan sho`rvalarning har biri o`ziga xos ta`m va lazzati bilan birga, xilma-xilligi bilan ham shuhrat qozongan.

  Bugungi turk oshxonasida nonushtada ham sho`rva tortiq qilinishi urfga kirib ulgurgan. G`arb oshxonasida sho`rvalar ishtaha ochuvchi boshlang`ich taom sifatida iste`mol qilinsa, turk dasturxonida asosiy taom sifatida tanavvul qilinadi. Bunday sho`rvasevar xalq taomnomasida turli-tuman sho`rva turlarining mavjud bo`lishi ham tabiiy hol albatta.

Turk oshxonasida sho`rva turlari

  An`anaviy turk oshxonasida sho`rva tarkibiga nazar tashlasak, donli va unli sho`rvalar, dukkakli sho`rvalar, dengiz mahsulotlari solib pishiriladigan sho`rvalar, go`shtli va tovuq go`shtli sho`rvalar, qatiq va sutli sho`rvalar, sabzavotli sho`rvalar deb tasniflanishi mumkin.

  Turkiyaning qaysi hududida qanday mahsulotlar ko`p bo`lsa, o`sha hududda tayyorlangan sho`rvalar ham aksariyat holatda, o`sha mahsulotlardan    tayyorlanadi.

  Pishirish usuliga ko`ra sho`rva turlari: qayla sho`rvalar, donli sho`rvalar va masalliqlarni ezib tayyorlanadigan sho`rvalardir. Ushbu uchta pishirish texnikasi birgalikda qo`llaniladigan sho`rvalar ham tayyorlanishi mumkin.

Sho`rvani dasturxonga tortish va xizmat ko`rsatish

  Sho`rva ustiga qizdirilgan yog` ham quyilishi mumkin. Ba`zan sho`rvaga quritilgan non bo`laklari qo`shiladi. Sho`rva ko`pincha yalpiz, qora murch, chili qalampiri va hokazo ziravorlar bilan iste`mol qilinadi. Qish oylarida issiq sho`rvalarga bo`lgan talab ham bir muncha oshadi.

Turk oshxonasining mashhur sho`rvalari: ezogelin sho`rvasi, yasmiq sho`rvasi, tarhana sho`rvasi, arpa shahriya sho`rvasi, ayron oshi sho`rvasi, pomidor sho`rvasi va boshqalar.

 

    Boshqa yangiliklar