Avvalroq, O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 28 yanvar kuni respublikaning turli hududlarida kuchli shamol va chang bo`lishi haqida ogohlantirgan edi.
Vyni paytda Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol kuzatilayotgani xabar qilindi.
Shu sababli Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta`minotida uzilish bo`lmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Natijada, xavfsizlikni ta`minlash maqsadida elektr tarmoqlari vaqtinchalik tarmoqdan ajratilgan.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so`ng, elektr energiyasi qayta tarmoqqa ulanadi.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi vazirlik xabarida.






