AsosiyJamiyat

Rossiyaga borgan O`zbekiston fuqarolari 15 kun ichida yashash joyida ro`yxatdan o`tkaziladi

'Rossiyaga borgan O`zbekiston fuqarolari 15 kun ichida yashash joyida ro`yxatdan o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston fuqarolariga Rossiyada registrasiya qilish uchun 15 kun berilishi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 17 iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federasiyasi Hukumati o`rtasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federasiyasi hududida va Rossiya Federasiyasi fuqarolarining O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lishlari tartibi to`g`risidagi Bitimga asosan ikki davlat fuqarolari o`zaro mamlakatlar hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida yashash joyida ro`yxatdan o`tishi ko`zda tutilmoqda.

Ta`kidlash joiz, hozirgi vaqtda bu muddat o`zbekistonliklar uchun 7 kun, rossiyaliklar uchun esa 3 kun.

    Boshqa yangiliklar