"O`zgiromet" bergan xabarga ko`ra, bugun O`zbekistonga Eron hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda qorga aylanadi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 7-12° iliq atrofida bo`ladi.
Ertaga kirib kelish fronti sharqqa siljiydi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro viloyatlarida yog`ingarchilik to`xtaydi, faqat respublikaning janubiy va markaziy tumanlarida kechasi va ertalab ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kun davomida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Kunduz kungi havo harorati 3-8° iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
28-29 yanvarda salqin havo massalarining kirib kelishida respublika bo`yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 28 yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 25-28 m/s gacha, 29 yanvarda Surxondaryo, Farg`ona, Namangan, Andijon viloyatlarida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni respublika bo`yicha quruq va salqin ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq atrofida bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda 28-29 yanvarda yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, 30 yanvarda yog`ingarchilik kutilmaydi. 28-31 yanvarda respublikaning tog`li hududalrida qor ko`chishi xavfi bor.






