Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi.
"Ta`lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo`q.
Qanchalik murakkab bo`lmasin, maktab ta`limida poydevorni bugundan mustahkam qo`yishimiz kerak. Chunki biz ko`p vaqt yo`qotganmiz.
Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta`limi vazirligining ishi, deb o`ylasa, mutlaqo yanglishadi.
Maktab ta`limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo`lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin", dedi davlatimiz rahbari yig`ilish avvalida.






