AsosiyJamiyat

Paxsadan qurilgan, birorta o`quvchisi OTMga kirmagan, ta`mirtalab, sport zali va kitob fondi yangilanmagan maktablar

'Paxsadan qurilgan, birorta o`quvchisi OTMga kirmagan, ta`mirtalab, sport zali va kitob fondi yangilanmagan maktablar'ning rasmi

Yig`ilish davomida Prezident maktab ta`limi tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab o`tdi.

 Bugungi kunda respublika bo`yicha 1 ming 695 ta maktab mukammal ta`mirga muhtojligi, hanuzgacha 179 ta paxsadan qurilgan maktab mavjudligi, 3 mingdan ziyod maktab uchun qo`shimcha o`quv binolari zarurligi tanqid qilindi. Bundan tashqari:

  •  yangi massivlar barpo etilishi, qishloq infratuzilmasi kengayishi va aholi o`sishi natijasida yana 270 ta maktab qurishga ehtiyoj bor;

 

  •  hozirda 2,3 mingta maktabning sport zali mavjud emas;

 

  •  ta`lim sifati past bo`lgan 84 ta maktabning birorta o`quvchisi o`tgan yili oliygohga kirmagan;

 

  • maktab kutubxonalaridagi kitob fondi yillar davomida yangilanmagan;

 

  •  milliy musiqa anjomlari atigi 615 ta maktabda mavjud.

 

"Oldimizga yalpi ichki mahsulot va eksportni karra-karra oshirish, sanoatni va axborot texnologiyalarini keskin rivojlantirish, kambag`allikni qisqartirish bo`yicha ulkan marralarni oldik.

Bu vazifalarni kim uddalaydi? Albatta, maktabda zamonaviy bilimlarni egallagan, raqobatbardosh yoshlar.

Umuman, respublika bo`yicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish 6 milliondan ziyod o`quvchi, 500 mingdan ortiq muallim, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog`liq.

Taraqqiyot strategiyasida to`rtinchi ustuvor yo`nalish ham, “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad”ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab ta`limi bilan bog`liq", deya ta`kidladi davlat rahbari.

 

    Boshqa yangiliklar