AsosiyJamiyat

O`qituvchi sifatli dars o`tishga emas, “ko`proq soat olish”ga intiladi — Prezident

'O`qituvchi sifatli dars o`tishga emas, “ko`proq soat olish”ga intiladi — Prezident'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev raisligida o`tayotgan yig`ilishda maktablardagi ta`lim sifati va mazmuniga ham keskin baho berildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Xususan, foydalanib kelinayotgan ta`lim standartlari, o`quv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga yo`naltirilgan bo`lib, ularni mantiqiy fikrlashga, amaliy ko`nikmalarni shakllantirish, bir so`z bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlashga o`rgatmayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda 504 ming pedagogdan 12 foizi o`rta maxsus ma`lumotli, 38 foizida esa umuman malaka toifasi yo`q.  

"Bu pedagoglarning dars o`tish mahorati etarli emas. Ular o`quvchilarga faqatgina o`zi "chala bilgan” narsalarni o`rgata oladi, xolos. Sababi, o`qituvchilarning o`zining ustida mustaqil ishlash va rag`batlantirishning samarali tizimi yaratilmagan. O`qituvchi sifatli dars o`tishga emas, “ko`proq soat olish”ga intiladi", dedi Prezident.

Maktablarda hanuzgacha 200 dan ortiq hisobot mavjud, o`qitish, tadbirlar o`tkazish kabi barcha jarayonlar “haddan tashqari qolipga solingan”.

    Boshqa yangiliklar