Prezident raisligidagi yi-ilish davom etmoqda.
Videoselektor yig`ilishida xalq ta`limini o`zgartirish uchun, avvalo, tumandagi maktablarda boshqaruvni isloh qilish zarurligi qayd etildi.
Tuman xalq ta`limi bo`limlariga mudirlik va maktab direktorligiga tanlov asosida malakali menejerlarni olib kelish, xorijdan ham mutaxassislar jalb qilish, ularga munosib oylik ish haqi tayinlash kerakligi ta`kidlandi.
Eng yaxshi ko`rsatkichlarga erishgan, o`zining tajribasini yaratgan, ta`lim sifatini keskin oshirgan hokim va direktorlar mukofotlanadilar.
Eng muhimi, maktabdan “ziyo nuri” doimo taralib turishi, ular mahalla uchun ma`naviyat maskani bo`lishi shart.
"Maktablarning dars tugashi bilan yopilishi - bu mutlaqo noto`g`ri. Kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali doimiy ishlashi, ularda har kuni musobaqa, konsert, kitobxonlik, mushoira, “Zakovat” va boshqa intellektual o`yinlar o`tkazilishi kerak", dedi davlatimiz rahbari.






