AsosiySport

"Yuventus" Dushan Vlahovich bilan shartnoma imzoladi

'"Yuventus" Dushan Vlahovich bilan shartnoma imzoladi'ning rasmi

“Fiorentina” klubining serbiyalik hujumchisi Dushan Vlahovich “Yuventus”ga o`tdi. Bu haqda turin klubi rasmiy sayti xabar berdi. 

Avvalroq OAVda futbolchining transfer narxi 75 million evro bo`lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Vlahovichning "Yuventus"dagi maoshi yiliga 7 million evroni tashkil qiladi. 

Futbolchi tibbiy ko`rikdan o`tdi va turinliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. 

Ma`lumot uchun, Dushan Vlahovich 2018 yilda "Fiorentina" safiga Serbiyaning "Partizan" jamoasidan kelib qo`shilgan.

Joriy mavsumda Italiya A seriyasining 21ta o`yinida Dusan 17ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.

    Boshqa yangiliklar