Numbeo tahliliy agentligi 2022 yilda sayyohat uchun xavfli bo`lgan mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar jinoyatchilik avj olgan mamlakatlar ro`yxatidan birinchi o`rinni Venesuela egalladi. Bu mamlakatda jinoyachilik indeksi 83,58 ballni tashkil qilmoqda.
Undan keyingi o`rinni 81 ball bilan Papua-Yangi Gvineya egalladi. Uchlikdan 76 ball bilan Afg`oniston qayd etildi.
Quyida to`liq ro`yxat bilan tanishingiz mumkin:
- Venesuela
- Papua-Yangi Gvineya
- Afg`oniston
- Janubiy Afrika
- Gonduras
- Trinidad va Tabago
- Gayana
- El Salvador
- Yamayka
- Suriya






