AsosiyDunyo
6985

Sud 21 yoshli tunislik yigitning 71 yoshli shveysariyalik ayolga uylanishini taqiqladi

Shveysariya sudi 21 yoshli Tunis fuqarosi 71 yoshli shveysariyalik ayolni sevmaydi, degan qarorga keldi, deb yozadi “Lenta.ru”. 

Yigitchani faqatgina Shveysariya fuqaroligini olish imkoniyati tufayli o`zidan 50 yosh katta ayolga uylanmoqchi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Ayolning o`zi esa yigit bilan uning qiziqishlari juda o`xshash ekanligini ma`lum qilgan. 

“Biz ikkalamiz ham rep yo`nalishidagi qo`shiqlarni sevib tinglaymiz. Toza havoda sayr qilish jonu dilimiz. Bizning qiziqishlarimiz ham bir xil”,—deydi 71 yoshli shveysariyalik ayol.

Tunislik yigit va shvesariyalik ayol bundan 3 yil oldin internetda tanishgan. Biroq, ular birinchi marta o`tgan yili uchrashishdi. Shvesariyalik ayol Tunisga borib, yigit bilan turmush qurishga ahd qildi.

Shveysariya qonunlariga ko`ra, nikohdan o`tmoqchi bo`lgan fuqarolar dastlab yashash joyiga ariza bilan murojaat qilishadi. FHDYo bo`limi barcha zaruriy hujjatlarni yig`ib, ularni ko`zdan kechiradi. Agar hamma hujjatlar joyida bo`lsa, hujjatlar nikohni rasmiylashtirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida sudga yo`naltiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar