AsosiyJamiyat

Tadbirkorlarga mehmonxona bo`yicha er va mol-mulk solig`i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi

'Tadbirkorlarga mehmonxona bo`yicha er va mol-mulk solig`i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi'ning rasmi

“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–104-son, 27.01.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga ko`ra, xizmatlar sohasini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari belgilandi. Jumladan:

  • mukammal ta`mirlangan, tashqi yoritish, sug`orish va drenaj tizimi modernizasiya qilingan, piyoda va velosiped yo`laklari qurilgan, aholi gavjum ko`chalar savdo, xizmat ko`rsatish, sayilgoh va ko`ngilochar ko`chalarga aylantiriladi;
  • Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari va boshqa shaharlarda ko`pi bilan har 3-5 ta mahalla uchun mahallalararo savdo-xizmat ko`chasi tashkil etiladi;
  • Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida ta`lim va tibbiyot muassasalari joylashgan hududlarda ixtisoslashgan klasterlar tashkil etiladi.

Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo`lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta`mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta`mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko`rsatuvchi hamda ko`ngilochar maskanlarda xizmatlar ko`rsatuvchi tadbirkorlar uchun uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.

Tadbirkorlarga 2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo`lgan savdo komplekslari bo`yicha:

  • er solig`i va mol-mulk solig`i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi;
  • foyda solig`ini hisoblashda binolarning qiymati 2 yil amortizasiya xarajatlari sifatida chegirib tashlanadi.

2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha 28 ta tuman va shaharlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko`ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko`rsatayotgan tadbirkorlar uchun:

  • aylanmadan olinadigan soliq – 1 foiz;
  • mol-mulk va er solig`i hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, 2022 yil 1 iyuldan  mazkur tumanlar va shaharlarda turizm ob`ektlarini qurish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish tartibi joriy etiladi.

Mahallalararo savdo-xizmat ko`chalari bo`yida joylashgan turar joy ob`ektlari tegishli xizmat ko`rsatish turlari bo`yicha noturar joy ob`ekti toifasiga o`tkazilganda 2024 yil 1 yanvargacha ularga nisbatan mol-mulk solig`i va er solig`ining jismoniy shaxslar uchun o`rnatilganstavkasi saqlab qolinadi.

2022 yil 1 yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig`i stavkasi 10 foiz etib o`rnatiladi.

Qarorga ko`ra,O`zbekistonga olib kiriladigan ayrim tovarlar (ovoz, tasvir yoki boshqa mu`lumotlarni uzatish yoki qabul qilish apparaturasi, ma`lumotlarni saqlovchi qurilmalar, proektorlar, karnaylar, quloqchinlar) 2022 yil 1 fevraldan2025 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.

2022-2023 yillar davomida “Yangi O`zbekiston” massivlarida 640 ta xizmat ko`rsatish ob`ektlari tashkil etiladi.

Shuningdek, nodavlat maktab va bog`chalarni qurish sharti bilan tegishli tuman (shahar)larda er uchastkalari elektron onlayn-auksion savdosiga chiqariladi.

Xizmatlar sohasidagi yangi loyihalar uchun 14 foiz stavkada bitta loyiha bo`yicha 2 milliard so`mgacha kredit ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar