Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibining ma`lum qilinishicha, 2022-2026 yillarga mo`ljallangan Taraqqiyot strategiyasida tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish va qulayligini oshirishga doir ustuvor vazifalar ham belgilangan.
Shunga muvofiq, 2022-2023 yillarda:
61 ta oilaviy poliklinika,
215 ta oilaviy shifokor punkti tashkil etiladi.
Olis, chekka va chegara hududlarda hamda kam sonli aholi yashaydigan mahallalarda tibbiy punktlar faoliyati yo`lga qo`yiladi.
Masalan, Namangan viloyatining Pop tumani Imom ota mahallasida yashovchi 1 600 nafar aholiga eng yaqin poliklinika 8 km olisda joylashgan. Ushbu manzilda oilaviy poliklinika o`rniga, tibbiy punkt tashkil etilishi, aholining uzog`ini yaqin qiladi.






