Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o`tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida Pardaev Rustam Ubodullaevich boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich Denov tumani hokimi etib tasdiqlandi.
A.Allamuradov 1977 yil 17 aprelda Termiz tumanida tug`ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat universiteti, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Prokuratura, Adliya, Ichki ishlar organlari tizimida turli lavozimlarda, 2019-2020 yillar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonasi mudiri, 2020 yildan shu kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida ishlagan.






