Avval xabar qilganimizdek, “2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. O`zbekistonning kelgusi 5 yil taqdiri aks etgan hujjatda qator tashabbuslar aks etgan.
Unga ko`ra, 2022 yilda davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida hujjatlarni berish va almashtirishda, o`zaro bog`liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.
Shuningdek:
- “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tug`ilganlik to`g`risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
- keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko`rsatish soddalashtiriladi.






