Avval xabar qilganimizdek, “2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. O`zbekistonning kelgusi 5 yil taqdiri aks etgan hujjatda qator tashabbuslar aks etgan.
Unga ko`ra, joriy yilgi rejalardan o`qituvchi va shifokorlar maoshlarini oshirish masalasi ham o`rin olgan.
Xususan, 2022 yil 1 iyulgacha:
- 2022 yilda iqtidorli o`qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi;
- xalqaro ekspertlar ishtirokida o`qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko`rib chiqiladi.






