AsosiySport

Futzal. O`zbekiston o`rtoqlik uchrashuvda Fransiyaga yutqazib qo`ydi

'Futzal. O`zbekiston o`rtoqlik uchrashuvda Fransiyaga yutqazib qo`ydi'ning rasmi

Xorvatiyada o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib borgan O`zbekiston futzal terma jamoasi 31 yanvar kuni Fransiyaga qarshi navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. 

Gollarga boy kechgan bahsda Fransiya futzal terma jamoasi 9:7 hisobida g`alaba qozondi. Terma jamoamiz safida gollarga Anasxon Rahmatov, Husniddin Nishonov (16, 17), Davron Choriev (28, 33, 3, 40) mualliflik qilishdi. 

Eslatib o`tamiz, bu jamoalar o`rtasidagi dastlabki xalqaro o`rtoqlik uchrashuvida Fransiya 4:2 hisobida g`alaba qozongan edi. 

    Boshqa yangiliklar