Kecha, 31 yanvar kuni Oliy Majlis Senatida Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta`minlash masalalari qo`mitasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda butunjahon internet tarmog`ida yoshlar va voyaga etmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovi yuborish to`g`risidagi masala dastlabki tarzda muhokama etildi.
Bu haqda Zamon.uz' yozmoqda.
Qayd etilishicha, statistik ma`lumotlarga ko`ra:
- Telegramda – 18 million,
- Odnoklassnikida – 16,7 million,
- Feysbukda – 4,7 million,
- Instagramda – 3,7 million,
- Vkontakteda – 2,6 million,
- Linkedlnda – 288 ming,
- Tvitterda – 51,6 ming nafar
o`zbekistonlik foydalanuvchilar mavjud bo`lib, ularning ko`pchiligini yoshlar tashkil qiladi.
Shuningdek, ma`lumotga ko`ra, 2021 yilning dekabr holatiga ko`ra, milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma`naviy buzuqlik targ`ibotiga xizmat qilishi mumkin bo`lgan holat aniqlangan va 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan.