AsosiySport

Humoyun Bekmurodov FIDE sport ustasi unvonini qo`lga kiritdi

'Humoyun Bekmurodov FIDE sport ustasi unvonini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Mamlakatimizning yosh va iqtidorli shaxmatchilaridan biri, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Humoyun Bekmurodov yangi darajaga ko`tarildi, u FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo`ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi. 

Ushbu yosh shaxmatchi shu kunga qadar o`smirlar o`rtasidagi ko`plab musobaqalarda g`olib va sovrindor bo`lgan, shuningdek 2020 yilda o`tkazilgan shaxmat bo`yicha onlayn O`zbekiston chempionatida ham g`oliblikni qo`lga kiritgan holda yakunda “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlangan edi.

Eslatib o`tamiz, dunyo tarixidagi eng yosh grossmeyster maqomini 2021 yil 30 iyunda hind millatiga mansub bo`lgan amerikalik Abximanyu Mishra qo`lga kiritgan. U atigi 12 yosh, 4 oyu 25 kunligida shaxmatdagi eng yuqori darajaga ko`tarilgan edi. Bungacha naqd 19 yildan ziyod vaqt davomida jahonning eng yosh grossmeysteri maqomini rossiyalik Sergey Karyakin o`z qo`lida saqlab turgan. Shuningdek, hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorovlar ham grossmeysterlik talabini bajargan dunyodagi eng yosh shaxmatchilar safidan joy olganini alohida ta`kidlash kerak.

    Boshqa yangiliklar