Daniyada seshanba kunidan boshlab koronavirusiga qarshi barcha cheklovlar bekor qildi. Bu haqda Evropa OAV xabar bermoqda.
Shu tariqa, Daniya Evropa Ittifoqida birinchi bo`lib, barcha choralar bekor qildi.
Endi Daniyada niqoblar va COVID pasportlari majburiy bo`lmaydi va bar hamda restoranlarning ish soatlari cheklanmaydi. Tungi klublar ham qayta ochilmoqda, bino ichida odamlar soniga cheklov olib tashlandi.
Shu bilan birga, mamlakatga kelganlar, xususan, shengen hududidan tashqaridagi mamlakatlardan emlanmagan sayyohlar uchun ayrim cheklovlar saqlanib qoladi.
Cheklovlar koronavirus bilan kasallanishning yuqori darajasiga qaramay olib tashlanadi. Xususan, 31 yanvar kuni mamlakatda 27,6 mingga yaqin infeksiya holati qayd etilgan.






