AsosiyJamiyat

Prezident: "Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish..."

'Prezident: "Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish..."'ning rasmi

Prezident yig`lishi davom etmoqda:

“Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun biz tabiatga mehr va e`tibor berishimiz, u bilan uyg`un bo`lib yashashimiz kerak.

Bu nima degani? Bu – tabiatni toza-ozoda tutish, er va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash, daraxt ekib, bog` yaratish degani.

Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur.

Bugun ko`chaga yoki istalgan joyga qarang. Hamma joyda odamlar tashlab ketgan chiqindilarni ko`rasiz.

Biz ona yurtimizni muqaddas deymiz. Agar shu yurt, shu tuproq biz uchun muqaddas bo`lsa, nima uchun uni toza-ozoda saqlamaymiz?

Albatta, bunday muammolarni faqat ma`muriy yo`l bilan hal etib bo`lmaydi. Bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin.

Mahallada, ko`chalarda chiqindi tashlagan kishini ko`rganda,

“bu ishingiz noto`g`ri bo`ldi”, deydigan muhitni shakllantirishimiz, odamlarimizni bunga o`rgatishimiz kerak. Bu – hammamizning ishimiz va insoniy burchimizdir”.

    Boshqa yangiliklar