AsosiyJamiyat

Chiqindini qayta ishlashga qodir klasterlarga er, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi. Shuningdek...

'Chiqindini qayta ishlashga qodir klasterlarga er, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi. Shuningdek...'ning rasmi

Prezident joriy yilda maishiy chiqindi to`plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga, xususiy sektor ulushini 50 foizga etkazish vazifasini qo`ydi. Buning uchun:

- import qilinadigan maxsus texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona bojidan 3 yilga ozod etiladi;

- saralash va qayta ishlash texnikasi xaridi uchun 5 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi va qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan qismi qoplab beriladi;

- chiqindini qayta ishlashga qodir klasterlarga er, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi;

- klasterlarni tashkil etish tartibi qayta ko`rib chiqiladi, ularga o`z hududidagi chiqindilarni qayta ishlash darajasini kamida 40 foizga olib chiqish talabi qo`yiladi;

- 1 martga qadar 51 tuman va shaharda xususiy sherikchilik asosida jami 38 ta korxona tashkil etish bo`yicha tanlovlar boshlanadi, yil yakuniga qadar ushbu hududlar uchun 500 ta maxsus transport xarid qilinadi;

- 1 oktyabrga qadar ijtimoiy muassasalar va bozorlarga 8 mingta, kelgusi yil 1 mayga qadar 11 mingta konteyner o`rnatiladi.

    Boshqa yangiliklar