Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur va Moskva viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilinadi.
Fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.
Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.
Ishga qabul qilayotgan korxonalar "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Almis Integral", "Monotek stroy", "SENKI".
Tanlovlar vaqti va hududlar:
3 fevral:
- Soat 11:00 da Andijon sh., Bobur sh. ko`ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi
Mo`ljal: Sobiq afg`on bog`i ro`parasi, Transport kolleji.
95 202-33-55;
4 fevral:
- Soat 11:00 da, Namangan sh., Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.
69 227-94-64, 69 227-97-27.
- Soat 11:00 da, Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi.
Tel:. 76 222-45-22.






