Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda xorijdan O`zbekistonga qiymati 128,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 2,7 mln. tonna sement import qilingan.
Bu ko`rsatkich 2020 yil bilan solishtirilganda 206 ming tonnaga ko`p.
2021 yilda O`zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Qozog`iston – 1,1 mln. tonna
Tojikiston – 816 ming tonna
Qirg`iz R. – 671 ming tonna
Eron – 58,1 ming tonna
Turkmaniston – 36,3 ming tonna
Rossiya – 502 tonna






