O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 fevraldagi 110-sonli qaroriga ko`ra, Shaxrillo Sharipovich Maxmudov va Abdullo Ubaydulloevich Aslonov O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma`lumot uchun, Abdullo Ubaydulloevich Aslonov 1984 yil 8 iyul kuni Samarqand viloyatida tug`ilgan. 2014 yilda Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tamomlagan.
Shuningdek, u Regent London (Angliya), Kings Institute (Angliya), Marlborough College of Businnes and Technology (Angliya) talabasi bo`lgan. Ko`p yillar davomida A.Aslonov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tizimida faoliyat yuritgan. 2020 yildan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo`mitasining a`zosi hisoblanadi.
Shaxrillo Sharipovich Maxmudov 1970 yil 13 sentyabrda Buxoro viloyatida tug`ilgan. U 1992 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini “jismoniy tarbiya o`qituvchisi” yo`nalishida tamomlagan. 2013 yildan buyon O`zbekiston og`ir atletika federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Sh.Maxmudov 2002 yilda “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni, 2016 yilda “Mexnat shuhrati” ordeni hamda 2021 yilda “I darajali Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
"Shu o`rinda O`tkir Saidov va Avazjon Karimov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Turizm va sport vazirining o`rinbosari lavozimlaridan ozod etildi", - deyiladi xabarda.






