"Liverpulm" va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane 50 nafar vatandoshining Kamerunga yo`l olishi uchun pul to`ladi.
Qayd etilishicha, Sadio Mane tufayli ular Senegal va Burkina-Faso terma jamoalari o`rtasidagi o`yinga tashrif buyurishdi.
Senegalliklar Burkina terma jamoasini 3:1 hisobida mag`lub etib, Afrika Millatlar Kubogi finaliga yo`l olishdi. Mane gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manbada aytilishicha, Sadio Mane final o`yiniga ham vatandoshlarining yo`l pulini to`lashga va`da bergan.






