AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda to`xtatib qolingan chigit Antimonopoliya qo`mitasi aralashuvidan so`ng manziliga etkazildi

'Qashqadaryoda to`xtatib qolingan chigit Antimonopoliya qo`mitasi aralashuvidan so`ng manziliga etkazildi'ning rasmi

Shu yilning 4 yanvar kuni Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahriga olib chiqib ketilayotgan chigitning Qashqadaryo hokimining talabi bilan chegarada ushlab qolingani norozilik olib kelayotgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu holatga Qashqadaryo hokimligi hujjatlarda shubha tug`ilganligi sababli qonuniy ravishda vaqtincha saqlovga olingan deya izoh bergandi. 

Oradan roppa-rosa bir oy o`tib, 3 fevral kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining aralashuvi va ko`rsatmasiga binoan Qashqadaryo viloyatidan chigit olib chiqib ketildi.

Qo`mitaning xabar berishicha, ushbu holat nazoratga olinib, masalaga oydinlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimiyati va Qashqadaryo viloyati IIBga so`rovnoma yuborilgan edi. Qashqadaryo viloyati mas`ullari va Qo`mita xodimlari tomonidan bir necha marotaba onlayn uchrashuvlar  o`tkazilib, surishtiruv ishlari olib borilgan.  

"Qo`mitaning ko`rsatma qaroriga binoan hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatining tegishli korxonalari tomonidan birja savdolariga qo`yilgan chigit mahsulotlari tadbirkorlar tomonidan Qashqadaryo viloyatidan olib chiqib ketildi",–deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar