AsosiyJamiyat

O`zbekistonning barcha hududida er silkinishi sodir bo`ldi

'O`zbekistonning barcha hududida er silkinishi sodir bo`ldi'ning rasmi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun, 5 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 09:16 da (05.02.2022 yil, Grinvich bo`yicha 04:16 da) Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 36,32 gradus shimoliy kenglik; 71,09 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,8. Chuqurlik 225 km. Zilzila episentri Toshkentdan 573 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Surxandaryo viloyatida 4 ball, 355 km.

Farg`ona viloyatida 3-4 ball, 455 km.

Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 506 km.

Andijon viloyatida 3-4 ball, 508 km.

Jizzax viloyatida 3-4 ball, 510 km.

Samarqand viloyatida 3-4 ball, 518 km.

Namangan viloyatida 3-4 ball, 523 km.

Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 545 km.

Toshkent shahrida 3 ball, 573 km.

Navoiy viloyatida 3 ball, 653 km.

Buxoro viloyatida 3 ball, 698 km.

Xorazm viloyatida 2-3 ball, 1074 km.

Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 ball, 1198 km.

 

    Boshqa yangiliklar