FVVning xabar berishicha, bugun, 6-fevral kuni soat 11:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko`lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.






