Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida tinimsiz qor yog`ishi oqibatida yo`lning yuza qismida muzlamalar xosil bo`lganligi bois, avtomobillar harakati uchun qisqa muddatga yopilgan edi.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo`lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirib borilmoqda. Vazirlik xabariga ko`ra, amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 6 fevral kuni soat 11:53 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.






