AsosiyJamiyat

Quchli qor sabab "Qamchiq"da 14 nafar fuqaro qolib ketdi

'Quchli qor sabab "Qamchiq"da 14 nafar fuqaro qolib ketdi'ning rasmi

Bugun, soat 19:05 da "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispecheriga  A-373 "Toshkent-O`sh"  avtomobil yo`lida ob-havoning keskin o`zgarishi natijasida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam kerakligi xaqida ma`lumot kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan  Qutqaruv otryadidan maxsus texnika hamda qutqaruvchi xodimlar chiqishib, tog`da qolib ketgan 14 nafar fuqarolar hamda ularning transpott vositalarini pastga olib tushish hamda evakuasiya qilish ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Qayd etilishicha, qutqaruvchilar soat 20:10da barcha fuqarolarni sog`-omon pastga olib tushib, manzillariga yuborishda amaliy yordam ko`rsatishgan.

"Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar