AsosiyDunyo

Birgina yanvar oyida 90 million kishi koronavirus yuqtirib olgan

'Birgina yanvar oyida 90 million kishi koronavirus yuqtirib olgan'ning rasmi

Yanvar oyida dunyoda koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni birdaniga 90 million kishiga ko`paydi, bu dekabr oyiga nisbatan 3,6 barobar, 2021 yilning yanvariga nisbatan 4,7 barobar ko`pdir. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Shu tariqa, sayyoramizda pandemiya bilan kasallanish maksimal darajaga etdi: birgina so`nggi haftaning o`zida dunyoda 22 million kishida infeksiya aniqlandi, bu yangi infeksiya tarqalishining butun davri uchun eng yuqori ko`rsatkich bo`ldi.

Biroq, ba`zi mamlakatlarda kasallanish allaqachon pasaygan. Shu fonda rasmiylar asosiy cheklovlarni, jumladan, niqob rejimini ham bekor qilmoqdalar va yaqin orada koronavirus infeksiyasini oddiy shamollash kabi davolashni boshlashlarini e`lon qilishmoqchi. 

Kasallikning jiddiy o`sishiga qaramay, dunyoda yangi infeksiya tufayli o`lim deyarli o`sgani yo`q. Jumladan, yanvar oyida dunyoda 233 mingdan ortiq kasallangan odam vafot etdi, bu dekabr oyiga nisbatan atigi 10 foizga ko`p.

Eng yuqori o`lim darajasi hali ham AQShda kuzatilmoqda. U erda har kuni 3 mingdan ortiq o`lim qayd etilgan va bir oyda 65 mingga yaqin kishi koronavirus oqibatida halok bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar