Bugun, 7 fevral - Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarining uchinchi kuni. Ushbu kun dasturida terma jamoalar 9 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi.
Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi qayd etmoqda.
Ta`kidlanishicha, kecha erkaklar o`rtasida o`tkazilish kerak bo`lgan tezkor tushish bahslarining hal qiluvchi bahsi kuchli shamol sabab bugunga qoldirilgan. Shuningdek, ayollar o`rtasidagi gigant slalom bahslari, biatlon bo`yicha ayollar o`rtasidagi individual poyga, figurali uchish bo`yicha jamoaviy dastur, short-trek, tramplindan sakrash, snoubord va konkida yugurish dasturlari ham bugun o`z g`oliblarini aniqlaydi.
Quyida batafsil tanishing:
08:35 – Figurali uchish, jamoaviy dastur;
09:00 – Tog` chang`isi. Erkaklar, tezkor tushish;
09:55 – Snoubord. Erkaklar, sloupstayl;
11:30 – Tog` chang`isi. Ayollar, gigant slalom;
13:30 – Konkida uchish. Ayollar, 1500 metr;
14:00 – Biatlon. Ayollar, individual poyga;
17:45 – Short-trek. Ayollar, 500 metr;
17:50 – Tramplindan sakrash. Aralash jamoaviy;
17:58 – Short-trek. Erkaklar, 1000 metr.






