Kecha, yakshanba kuni Rossiyada koronavirus bilan kasallangan bemorlarni kasalxonaga yotqizish va izolyasiya qilishning soddalashtirilgan qoidalari kuchga kirdi.
Bu haqda"Euronews" yozmoqda.
Endi bemor bir hafta davomida tibbiy bo`limda bo`lgan taqdirda ijobiy natija bilan ham kasalxonadan uyiga ketishi mumkin.
Ta`kidlanishicha, bu borada faqat jiddiy tibbiy yordamga muhtojlar istisno qilinadi.
Bundan tashqari, maktab sinflari va bolalar bog`chasi 20 foiz o`quvchilarda koronavirus aniqlangan taqdirdagina izolyasiya qilinishi aytiladi.






