AsosiyJamiyat

“Ipak yo`li” xalqaro universitetida inkubasiya va akselerasiya markazi ish boshladi

'“Ipak yo`li” xalqaro universitetida inkubasiya va akselerasiya markazi ish boshladi'ning rasmi

“Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida inkubasiya va akselerasiya markazi ish boshladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

 Mazkur markaz talaba yoshlarning «startup»lari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etish hamda iqtidorli talabalarni iste`dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida tashkil etilgan.

Inkubasiya dasturi istiqbolli g`oyalarga ega bo`lgan startap loyihalarini o`quv dasturlari va mutaxassis tavsiyalari orqali qo`llab-quvvatlashga qaratilgan.

Akselerasiya dasturi esa to`liq mahsulotni shakllantirish uchun ishlab chiqilishi kerak bo`lgan prototip egalari uchun mo`ljallangan.

IT Park – bu IT-kompaniyalari uchun istiqbolli boshlang`ich loyihalarni, tashqi iqtisodiy zonani, shu jumladan ilmiy va ta`lim tashkilotlari bilan integrasiyalashgan holda ishga tushirish va bozorga chiqarishni ta`minlash uchun mo`ljallangan obektlar, bino va inshootlar majmuasi. IT sohasida faol va iqtidorli mutaxassislar buxgalteriya hisobi, yuridik, marketing va ta`lim yo`nalishlari orqali o`z g`oyalarini haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Ushbu Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo`nalishlarda hamkorlikni amalga oshirishi belgilangan:

  • tomonlar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik aloqalarini o`rnatish;
  • donorlar, grantlar va boshqalarni jalb qilgan holda hamda startap-ekotizimini rivojlantirish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirish;
  • alohida dasturlar bo`yicha o`qituvchi va murabbiylar hamda talabalar uchun seminar-treninglar tashkil etish;
  • o`zaro kelishuv asosida boshqa yo`nalishlarda hamkorlik qilish.

Markazning ochilish marosimiga O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish sohasi vakillari, IT Park Samarqand filiali mutaxassislari hamda “Ipak yo`li” turizm xalqaro universitetining professor o`qituvchilari va talabalari qatnashishdi. Ushbu markaz eng so`nggi rusumdagi 8 ta kompyuter jamlanmasi va dasturiy ta`minot vositalari, multimedia jihozlari bilan ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar